Янгиликлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Yurtimizda Mustaqillik bayrami munosabati bilan barcha hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘rkamlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, "Navbahor" mahallasida ham deputat Jumavoy Rahmonqulov tashabbusi bilan ko‘cha va xiyobonlar, hovli-joylar, ijtimoiy obyektlar atrofida obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Ushbu ezgu tashabbus doirasida:

✅ Ko‘chalarda tartib-intizom o‘rnatish, chiqindilarni tozalash,

✅ Yashil hududlarni kengaytirish va daraxtlarga shakl berish,

✅ Mahalladagi uy-joylar atroflarini obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mahalla ahli bunday sa’y-harakatlarni katta mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlamoqda. Mustaqillik bayramini munosib tarzda kutib olish uchun Navbahor mahallasida olib borilayotgan ishlar barchaga bayramona kayfiyat ulashmoqda. 

Slide 1 of 8