Янгиликлар

#jarayon

#Prezident farmoni ijrosi yuzasidan
# Fuqarolar murojaati deputatlar nazoratida 

2025-yil 9-avgust kuni 3-umumta'lim maktabi faollar zalida Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman kengashining 7-Fayzobod saylovi okrugi deputati Dushayeva Nazokat Sharofiddinovna, Fayzobod MFY mahalla yettiligi bilan hamkorlikda fuqarolar bilan ochiq muloqot o'tkazildi. Uchrashuvga Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman kengashi kotibiyat mudiri B.Baxovadinov tashrif buyurdi va fuqarolarning muammo va murojaatlari tinglandi. Ularga amaliy yordam berish choralari ko'rib chiqildi. Ba'zi muammolar yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi. Ishchi guruh tomonidan fuqarolarning murojaatlarini fuqarolar yashab turgan xonadonlarga borib o'rgandi va ijobiy hal qilindi.

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi.