Sessiya ishida 2025 yilning iyul oyi mobaynida tumanda yoshlarning muammolarini o‘rganish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan uchrashuv hamda muloqotlarda yoshlar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflar yuzasidan tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosi to‘g‘risida;
2025 yilning ikkinchi choragida tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
2025 yilning ikkinchi choragida tumanda ichimlik suvi ta’minotini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
2025 yilning ikkinchi choragida tumanda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
2025 yilning ikkinchi choragi mobaynida tumanda tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.