Янгиликлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi ish rejasiga muvofiq, deputatlar o‘z saylov okruglarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ta’lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish va ta'mirlash jarayonlarini joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda.

📍 Xususan, tuman Kengashi deputati Jumavoy Rahmonqulov "Navbahor" mahallasida joylashgan 49-maktabda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

➡️ Ko‘rik davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, qurilish materiallaridan foydalanish holati, belgilangan muddatlarga amal qilinishi va xavfsizlik talablari alohida e’tiborda bo‘ldi.

➡️Deputat mazkur jarayonlarni doimiy nazoratga olish, sifatli ta’mirlash ishlarini ta’minlash hamda o‘quvchilarga munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalarni berdi.

Slide 1 of 4