Янгиликлар

Deputat va mutasaddi rahbarlar fuqarolar murojaatlarini tingladi

Joriy yilning 2-avgust kuni mahalla fuqarolar yig‘inida deputat, mahalla yettiligi va tegishli soha mutasaddilari ishtirokida fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘rganildi va joyida muhokama qilindi.

Uchrashuvda ichimlik suvi ta’minoti, yo‘llarning holati, elektr ta’minotidagi uzilishlar, ishsizlik, ijtimoiy yordam masalalari kabi bir qator muhim masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli mutasaddi rahbarlar, Olmazor tumani Elektr tarmoqlari korxonasi raxbari B.Xolboyev, Milliy bankning shahar filiali mutaxassisi F.I .Sayidnabixo'jayev hamda "Olmazor Kommunal Baraka" BSK mutaxasisi N.S.Burxonovalar tomonidan izohlar berildi hamda ayrim muammolarni joyida hal qilish choralari belgilandi. Deputat va soha vakillari murojaatlarning ijrosi nazoratga olinishi, yuzaga kelgan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilishini ta’kidlashdi.

Slide 1 of 5