Tadbir davomida mahalliy aholi vakillari tomonidan yo‘l, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, ish bilan ta’minlash, yoshlar bandligi va boshqa bir qator ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat alohida o‘rganilib, tegishli idoralar va mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Deputatlar va mutasaddi tashkilot rahbarlari murojaatlar asosida joyida ko‘rik o‘tkazib, hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilab olishdi.
Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini manzilli hal etish, xalq vakillari bilan jamoatchilik o‘rtasida ochiq muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
✅ Kanalga ulanish uchun: https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati