“Mahalla yettiligi” vakillari hamda deputatlar hamkorligi
🔹Tuman Kengashi deputatlari G.Xusanova, S.Boboyarova D.Xushvaqtov, S.Suyarov, N.Norkarayev hamda B.Sanayevlar Nurobod tumanidagi Mash'al, Nurdum, Po'latchi, Nurbuloq, Ag'ron va Jarquduq mahallalarida bo'lib, hududda “Mahalla yettiligi” vakillari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
🔹Deputatlar tomonidan asosan mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati ish samaradorligini oshirish, “Mahalla yettiligi”ning o‘z imkoniyatlaridan foydalanishi, ular orasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlarga aloxida e'tibor qaratdildi.