Янгиликлар

"Deputat mahallada"

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati X.Xamdamova “Zilol” "mahalla yettiligi" a‘zosi xotin-qizlar ishlari bo‘yicha maslahatchisi M.Xamidova bilan uchrashib, mahalladagi xotin-qizlarni ish bilan band qilish borasidagi bajarilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida suhbatlashdi. 

Shuningdek, mahalladan imtiyozli kredit olib, “Aziza” tikuvchilik sexini ochgan va hozirgi kunda 10 dan ortiq xotin-qizlarni ish bilan ta‘minlagan, shu bilan birga, 100 ortiq qizlarni kasb-hunarga bepul o‘qitayotgan A.Ubaydullayeva bilan ham suhbatlashib, kichik korxona ishi bilan yaqindan tanishdi, sex faoliyatini yana-da kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini ochish bo‘yicha o‘zaro maslahatlashildi. 

Slide 1 of 2