Nurafshonda maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rganildi
Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi deputatlari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
16-26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat ta’minoti, go‘sht mahsulotlari sifati, sanitariya-gigiyena holati va ta’lim-tarbiya jarayoni ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan joyida choralar ko‘rildi. Mas’ullarga xizmatlar sifatini oshirish va muammolarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi kotibiyati axborot xizmati.
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.