Янгиликлар

Biz odam savdosiga qarshimiz

 O‘zbekiston "Adolat" SDP Bekobod shahar kengashi raisi, Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat idoralarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi G.Sharipova tomonidan "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasida "Biz odam savdosiga qarshimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida xotin-qizlarning odam savdosiga oid jinoyatlar qurboniga aylanishdan asrash, yon-atrofdagilarni bunday jirkanch jinoyatdan ogoh etish va bu kabi illatga jamoa bo‘lib barham berish borasida fikr-mulohazalar o‘rtoqlashildi.  

Slide 1 of 1