Янгиликлар

Kitobxonlik targ‘ibotiga deputat hissasi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputatlari Sayyora Ergasheva hamda Kimyoxon Muhiddinova saylov okrugidagi “Mustaqillik” mahallasiga tashrif buyurdilar. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” DPning “Biz kitobsevar xalqmiz”, “Eski kitobni ber” aksiyasi doirasida badiiy adabiyotlar jamlanmasini mahallaga taqdim etilib, mo‘jaz mahalla kutubxonasi tashkil etildi. Maqsad mahalla aholisi orasida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdan iborat. Deputat Sayyora Ergasheva tomonidan yana 40 turdagi badiiy adabiyotlar keltirib, kutubxona fondini yanada kengaytirishga kelishib olindi. 

Slide 1 of 4