Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisining mahalla raislari, profilaktika inspektorlari bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi, hududiy studiyalardan tuman (shahar) bo‘limlari vakillari, profilaktika inspektorlari, mahalla raislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda soha mas’ullarining mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’ruzalari eshitildi.
Muloqotda amaldagi qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish maqsadida mavzudan kelib chiqib, sohadagi mavjud tizimli muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar bildirildi.