Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Rustamjon Madaminov 20-Terak tagi saylov okrigi saylovchilari oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari har chorakda kamida bir marotaba o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga hisobot berishlari belgilangan.
Bu esa, erkin fuqarolik jamiyati qurish, deputatning saylovchilari oldidagi mas’uliyatini va hisobdorlik hissini oshirish, deputatlik faoliyatining ochiqligini, aholining xabardorligini kuchaytirish va pirovardida xalqning vakillik organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga sabab bo‘ladi.
Uchrashuvda fuqarolardan berilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, deputatlik nazoratiga olinishi belgilab olindi.