DEPUTATLAR XALQ QABULIDA
Yurtimizda deputatlarning faolligi, tashabbuskorligi kun sayin ortib bormoqda. Hozirgi davrda aholining deputatlar faoliyatiga qiziqishi ortmoqda. Bu faollik deputatlarga ham yuqori mas’uliyat hissini bag‘ishlaydi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlar ham aholi farovonligi yo‘lida tinimsiz harakatda.
Deputatlar saylanganlaridan soʻng, oʻtgan yarim yillikda amalga oshirgan ishlari yuzasidan xalq orasida hisobot berish, fuqarolar bilan bevosita muloqot orqali joylardagi muammolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitish, qabul qilingan qarorlar. qonunlar va tashabbuslar ijrosini tahlil etish maqsadida Qiziltepa tumanidagi 34-sonli umumtaʼlim maktabida “Bajardikmi” shiori ostida Deputatlar hisobot forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati I.Narizova, viloyat Kengashi deputati B.Tashev hamda Qiziltepa tuman kengashi deputati R.Valiyevalar ishtirok etdi.