Янгиликлар

✅ Xalq deputatlari Yangiyer shahar kengashi deputati Sh.Qurbonboyeva “Shukrona” MFYda bo'lib 2025-yil 6 oy davomida bajargan ishlari yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. ✅ Saylovchilar bilan uchrashuv davomida bir qator muammolar tinglandi. Shuningdek, saylovchilar tomonidan ilgari surilgan taklif va murojaatlarni viloyat darajasida ko‘tarish, ularni hal etishda tizimli yondashuvni yo‘lga qo‘yish borasidagi tashabbuslari alohida ta’kidlandi. ✅ Fuqarolarning murojaatlari yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan suhbatlashilib masalaning bir qismi joyida hal etildi. Qolgani biroz muddat talab qilinishi tushuntirildi.
Slide 1 of 3