Янгиликлар

Atrof-muhit – bizning umumiy mas’uliyatimiz

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Payariq tuman partiya tashkiloti a’zolari tomonidan navbatdagi ekologik tashabbus amalga oshirildi. Tadbir doirasida hududdagi daraxtlar va yashil o‘simliklar sug‘orilib, atrof-muhit tozalandi, begona o‘tlar olib tashlandi va umumiy obodonlashtirish ishlari bajarildi. 

Ekologik muammolarni hal qilishda faqat davlat emas, balki fuqarolik jamiyati, ayniqsa, siyosiy partiyalar ham faol ishtirok etishi dolzarb masala hisoblanadi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi amaliy tashabbuslar nafaqat atrof-muhitni yaxshilash, balki ekologik madaniyatni keng omma orasida targ‘ib etishga ham xizmat qiladi. Ayniqsa, mahalliy darajada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari orqali fuqarolarda o‘z yashash joyiga befarq bo‘lmaslik hissi shakllanadi. 

Slide 1 of 3