O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Mustafakulovning shaharning "Ma'rifat" mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida deputat tomonidan saylovchilarga o‘tgan davr mobaynida deputatlik faoliyatiga doir qilingan ishlar to‘g‘risida axborot berilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borildi.
Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan o‘rtaga tashlangan masalalarga deputat tomonidan bevosita javob berildi va kelgusida ularni hal qilish bo‘yicha amaliy yordam berilishi aytildi.