Янгиликлар

Paxtakor tumanida “Obod qishloq” dasturi doirasida ishlar davom etadi

Fuqarolarni hayotidan rozi qilish, yashash sharoiti va turmush farovonligini yuksaltirish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash, bu boradagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishda Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Paxtakor tumanidagi Do’stlik mahallasida bo‘lib, Mazkur dasturlar doirasida joriy yilda tumanda amalga oshiriladigan ishlarni samarali tashkil etish, ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi raisi, hokim Ashurov Asilbek Raxmonovich, mutasaddi tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida o‘tgan tadbirda qurilish, bunyodkorlik va obodonlashtirish borasida amalga oshiriladigan ishlarni belgilangan muddatlarda, sifatli bajarish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6