Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga 17-Zafar saylov okrugidan saylangan deputat A.Xolmurzayev bugun Bo‘ston va Guliston mahallalari saylovchilari oldida joriy yilning 2-choragida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
Shuningdek, mahalla yettiligining 6 oy mobaynida barcha yo‘nalishlarda obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlar yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Shundan so'ng mahalla faollari bilan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan reja va vazifalar belgilab olindi.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash borasidagi mahalla yettiligi va deputatlar hamkorlikdagi saʼy harakatlar mahalla obodligi, yurt tinchligi uchun xizmat qiladi. Zero, aholi bilan davlat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik vazifasini masʼuliyat bilan o‘tashlari kerak.