Bandixon tumanida deputat M.Omonullayev “Xo‘jayipok” mahallasi saylovchilari oldida hisobot berdi
✅Bandixon tumanida xalq vakillarining saylovchilar oldidagi hisobdorligini ta’minlash, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni bevosita joyida o‘rganish hamda aholi murojaatlariga ijobiy yechim topish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 10-“Xo‘jayipok” saylov okrugi deputati M.Omonullayev mazkur mahalla fuqarolari bilan uchrashib, 2026-yilning 9 oylik faoliyati yuzasidan hisobot berdi.
✅Tadbir davomida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish hamda aholi farovonligini ta’minlash borasidagi natijalar atroflicha tahlil qilindi.
✅Muloqot chog‘ida aholi tomonidan ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi tarmog‘ini yangilash hamda hududni ko‘kalamzorlashtirish masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.
✅Deputat fuqarolarni qiziqtirgan savollarga huquqiy tushuntirishlar berib, barcha murojaat va takliflarni tegishli tartibda o‘rganish hamda hal etish uchun deputatlik nazoratiga oldi.