Янгиликлар

Deputatlik faoliyati

                 📌 KUNLIK TOPSHIRIQLAR IJROSI: YOSHLAR BANDLIGI VA TA’LIM MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILMOQDA
🚶‍♀️ 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari davom etmoqda.
📅 Joriy yilning 20-oktabr kuni Qoraqo‘yli saylov okrugidan O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat N. Jo‘rayeva tomonidan Qoraqo‘yli mahalla fuqarolar yig‘inida ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash masalalarini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.
🤝 O‘rganish jarayonida mahalla soliq inspektori G‘. G‘ulomov bilan birgalikda Qoraqo‘yli-1 ko‘chasidagi 38-uyda yashovchi Ikromov Shoxjaxon Qurbonxo‘ja o‘g‘lining xonadoniga tashrif buyurilib, suhbat o‘tkazildi.
💼 Suhbat davomida yoshning bandlik holatini o‘rganish, mavjud muammolarini aniqlash hamda uni ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga e’tibor qaratildi.
🏫 Shuningdek, 12-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
🔍 Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M. Xakimov, Sh. Mamatov hamda mahalla raisi U. Mamasobirov bilan birgalikda maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, bino va inshootlarning mavsumiy sharoitlarga mosligi hamda foydalanishga yaroqliligi ko‘zdan kechirildi.
❄️ O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — ta’lim muassasasida qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni baholash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilashdan iborat.
✅ Yoshlar bandligini ta’minlash, aholi muammolarini manzilli o‘rganish hamda ta’lim muassasalarining mavsumiy tayyorgarligini nazorat qilish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi

Kanalga ulanish: 👇

🌐telegram  🌐Facebook  🌐You tube  💸Veb sayt

Slide 1 of 1