Янгиликлар

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish hamda huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.