24 talik yoʻnalishda belgilangan Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumtaʼlim maktablari, kolledj va akademik litseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati oʻrganish davom etmoqda.
Joriy yilning 6-avgust kuni 5-Madaniyat saylov okrugidan Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat A.Nishonov Madaniyat MFYda joylashgan 1-umumtaʼlim maktabida boʻldi.
Mahallalarda aholi va yoshlar uchun sport inshootlar, umumtaʼlim maktablarining sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi boʻyicha 1- umumtaʼlim maktabi sport zalida oʻrganish oʻtkazildi.
Oʻrganishda maktab sport zali yaxshi holatdaligi, kerakli sport anjomlari borligi yoshlar mashgʻulot oʻtkazish uchun barcha sharoitlar mavjudligi ma‘lum bo‘ldi.