35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Aholi murojaatlari amalda o‘z yechimini topmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Otabek Usmonov o‘z saylov okrugidagi “Ma'rifat” MFYda bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan masalalarni o‘rgandi.

Uchrashuv davomida aholi tomonidan ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo ko‘tarildi. Mazkur masala deputatning amaliy ko‘magi bilan joyida ijobiy hal etilib, fuqarolarning murojaati o‘z yechimini topdi.

Deputat tomonidan aholi bilan ochiq muloqotni davom ettirish va mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ham berildi.

Slide 1 of 3