Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Otabek Usmonov o‘z saylov okrugidagi “Ma'rifat” MFYda bo‘lib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahalla yettiligi faoliyati, aholi murojaatlarini o‘rganish, hududni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomorqalardan samarali foydalanish, ko‘cha va hovlilarni ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muhit tozaligini ta'minlash hamda aholi bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.