35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

🔔 YASHNOBOD TUMANIDA ERTA TONGDAN "BOG'BON" MAHALLASIDA SAF YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

💠Bugun erta tongda Yashnobod tumani hokimi B.Rahmankulov boshchiligida tuman rahbarlari, tegishli mutasaddi tashkilotlar, mahalla raislari va faollari ishtirokida saf yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

💠 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish, shuningdek, "Obodonlik va mehr-saxovat" oyligi tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

👇 Bugun ishlar “Bogbon” va “Go’zal” mahallalarida tashkil etiladi.

💠 Mas'ullarga mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, sanitariya-tozalikni ta'minlash, ichki yo‘llar hamda jamoat joylarini tartibga keltirish, aholining osoyishtaligi va xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha barcha kuch va vositalarni safarbar etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

💠 Shuningdek, har bir mahallada amalga oshirilayotgan ishlar ustidan doimiy nazorat o‘rnatish, mavjud muammolarni joyida bartaraf etish hamda aholi bilan yaqindan ishlash zarurligi alohida ta'kidlandi.

Slide 1 of 1