📍 "Obodonlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Alisher Sharipov "Qalqon" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va sanitariya ishlari jarayonida faol ishtirok etmoqda.
🤝 Tadbir davomida mahalla hududini ozoda saqlash, umumiy foydalanishdagi maydonlarni tartibga keltirish, yashil hududlarni parvarishlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan ishlarda bevosita qatnashmoqda.