Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-665-sonli qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan Muzrabot tuman Obodonlashtirish boshqarmasida o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida mazkur qarorga muvofiq, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2025-yil uchun tasdiqlangan dastlabki MANZILLI RO‘YXATga asosan rejalashtirilib belgilangan masofadagi ichki yo‘llarga asfalt yotqizilish ishlarining amaldagi holati bo‘yicha Muzrabot tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ma’sullarining hisobotlari tinglandi. Bu bo‘yicha partiya guruhi a’zolari tegishli ko‘rsatma va takliflar berishdi.