O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-iyul kuni Jizzax viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Baxmal tumanida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tumandagi ko‘p qavatli uylarni 2025–2026-yilgi
kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, ularning atrofi va hududini
ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Baxmal tumani “Do’stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan
ko‘p qavatli uylar atrofida obodonlashtirish, isitish tizimlari va tom
qoplamalarini ko‘zdan kechirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini sozlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur
ishlar "Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturi" asosida amalga
oshirilmoqda. Dasturda belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli
bajarilishini ta’minlash maqsadida Baxmal tumani Kengashi deputatlari mazkur hududga biriktirilib, ish jarayonini muntazam kuzatib bormoqda.