Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o’tdi.
Sessiya kun tartibida tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlashda davlat organlari va tashkilotlarini faoliyatini muvofiqlashtirish haqida axboroti hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi SEO va JS qo‘mitasining 2024-yil 22-noyabr kungi “Aholi punktlarini qattiq maishiy chiqindilardan tozalash bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 25-son qarori ijrosi yuzasidan SEO va JS xizmati Bo‘ston tumani bo‘limi boshlig‘inig hisoboti, shuningdek bir qator tashkilot rahbarlarining 2025-yil 7 oyi davomida olib borilgan ishlar yuzasidan hisobotlari eshitildi.