Hashar doirasida mahalla hududidagi ko‘chalar, ijtimoiy obyektlar, ariqlar, yo‘laklar va yashil hududlar tozalanib, chiqindilar olib chiqildi. Daraxtlar tagi tozalandi, mahalla ko‘rkiga ko‘rk qo‘shuvchi yangi yashil maydonlar barpo etildi.
Tadbirda tuman Kengashi deputatining tashabbuskor ishtiroki hashar ishtirokchilarini yanada ruhlantirib, jamoaviy birdamlik va hamkorlik muhitini mustahkamladi. Deputatlar obodonlashtirish va poklik har bir fuqaroning vatan oldidagi mas’uliyati ekanini ta’kidlab o‘tdi.
Hashar yakunida faol qatnashgan fuqarolarga minnatdorchilik bildirildi.