🔹2025-yil 10-11-iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan IV xalqaro investitsiya forumi hamda Xorijiy investorlar kengashi majlisi nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki ma’naviy-mafkuraviy jihatdan ham mamlakatimiz tarixida muhim voqelik sifatida qayd etildi. Forumda 100 dan ortiq mamlakatlarning 7500 nafar delegatlari, jumladan 3000 dan ortiq xorijiy mehmonlar qatnashganliklari – ushbu tadbirni naqadar nufuzi yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mazkur tadbirlarda so‘zlagan nutqlarida yurtimizning iqtisodiy islohotlar yo‘lidagi qat’iy siyosiy irodasini, ochiqlik va hamkorlikka asoslangan yangi investitsiyaviy muhitni yaratishga bo‘lgan intilishini yana bir bor namoyon etdi.
So‘nggi 8 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilish sur’ati 10 barobarga oshganligi, birgina 2024-yilda ushbu ko‘rsatgich 35 mlrd. AQSh dollarini, shu bilan birga eksport hajmi 27 mlrd. dollarni tashkil etganligi – mamlakatimizda investitsiyaviy jozibadorlikni ortib borayotganidan dalolat beradi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, investitsiya faqat iqtisodiy resurs emas – u ishonch belgisidir. Bu so‘zlar nafaqat xorijiy investorlar, balki vatanparvar tadbirkorlar uchun ham ruhiy da’vat bo‘ldi. Investorlar uchun qulay muhit, hukumatning kafolatlari va islohotlarning shaffofligi – bunday yondashuv O‘zbekistonni mintaqa va dunyo sarmoyachilari uchun ishonchli hamkorga aylantirmoqda.
🔹IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi — bu shunchaki tadbir emas, balki Yangi O‘zbekistonning falsafasi, kelajakka bo‘lgan qarashi va dunyo hamjamiyatidagi o‘rnini belgilaydigan muhim voqealardir.
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati Aynashova Maqpal Risaliyevna