Deputat munosabati
2025-yil 10–11-iyun kunlari boʻlib oʻtgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi Oʻzbekistonning ochiqligi, tinchlikparvar siyosati va barqaror rivojlanish yoʻlidagi qat’iy islohotlarini namoyon qilgan yirik xalqaro maydon boʻldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti haqli ravishda qayd etdiki, mamlakatimizdagi investitsion muhit nafaqat daromadli, balki insonparvar va inson manfaatlariga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Bu – yangi davr yondashuvi bo‘lib, u yerda eng oliy qadriyat sifatida inson qadr-qimmati, uning manfaatlarini himoya qilish va jamiyat farovonligini ta’minlash e’tirof etiladi.
Xalq vakili sifatida ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Harakatlarimiz shunday investitsion makon yaratishga qaratilishi lozimki, xalqimiz turmush tarzini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish orqali ishsizlik darajasini kamaytirish va biznesning ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga xizmat qilsin.
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati N.I. Turdiyev