✅ Maktablar ta'mirtalab axvolda
✅ 20-Chimqo'rg'on okrogidan saylangan tuman deputati Alisher Turdiyev xamda partiya raxbari tamonidan maktab drektori ishtirogida maktab kamchiliklari o'rganildi.
✅ Zafarobod tumani "Chimqo'rg'on" QFY da joylashgan 20-maktab 1987 yil faydalanishga topshirilgan bo'lib,624 o'rinli.
✅ Bugungi kunda maktabda 380 nafarga yaqin o'quvchi taxsil oladi.Maktab 2021 yil joriy ta'mirlangan.Asosan isitish tizimi va zabor qilingan.Ajiratilgan mablag' yetguncha maktab eshik va deraza romlari 50% almashtirilgan,(faqat fasad qismidagi eshiklar almashtirilgan).1987 yilda o'rnatilgan eshik 70 kv ni va deraza romlarini 260 kv ushbu eshik va deraza romlarini xamda pollarni almashtirish zarur.
✅ Xozirgi kunda ushbu maktab xovlisida 5 ta yog'och stolbalar qiyshayib turibdi,yiqilib ketish xafi bor.Zudlik bilan to'g'irlash zarur.
✅ Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun tez kunlarda tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuboriladi hamda dasturga kiritish uchun takliflar beriladi.