Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi Raisi tuman hokimi Sobir Xo‘jametov ochdi hamda olib bordi. Sessiya kotibligiga “8-O‘rta qal’a” saylov okrugidan deputat Fotima Yeshimbetovani tayinlash to‘g‘risidagi taklif deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Kun tartibidagi birinchi masala mahalliy budjetning 2025-yil 1-yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risida hamda mahalliy budjetning 2025-yil II-chorak daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Fahriddin Yusupov hisobot berdi.
Sessiya kun tartibidagi yoshlarga oid davlat siyosatida olib borilayotgan islohotlar ijrosi to‘g‘risidagi masala yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Nodirbek Kamolov hisobot berdi.
Nodirbek Kamolov o‘z hisobotida yoshlar mamlakatning kelajagi, ularning rivoji, tadbirkorlik, ijtimoiy faollik, ma’naviy kamolot va ilm-fan sohasidagi imkoniyatlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishi, shu boisdan yoshlarning muammolarini hal qilish va ularga yordam berish muhim vazifa ekanligini alohida takidlab o‘tdi.
Darhaqiqat, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonini yoshlar ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu sababli mamlakatimizda yoshlar masalasiga har qachongidan ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Tumanda joriy yil yanvar-fevral oylarida 14-30 yosh oralig‘ida 53 227 nafar yoshlar xatlovdan o‘tkazilib, “Yoshlar balansi” shakllantirilgan. Yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlaridan kelib chiqgan holda 37 435 nafari yashil, 15 408 nafari sariq xamda 384 nafari qizil toifalarga ajratilgan. Sariq toifadagi 750 nafar yoshlar tumandagi 24 nafar trahbarga biriktirilgan.
Shuningdek, II-chorak yakuni bo‘yicha “Yoshlar daftari”ga tuman hududidan 203 nafar yoshlar kiritilib, shundan 119 nafariga kasbga o‘qitish, salomatlik va ma’naviy rivojlanishga qaratilgan amaliy yordamlar ko‘rsatilgan.
Sessiya kun tartibidagi keyingi masala 2025-yilda investitsiyalar, sanoat va savdo yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan hisobot uchun so‘z Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Amudaryo tuman sho’basi bosh mutaxassisi Abbos Tursunboyev hisobot berdi.
Hisobotda keltirilishicha, tumanda 2025-yilda 317,8 mlrd.so’mlik 39 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi, 732 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi va 16,8 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Shundan canoat sohasida 153,8 mlrd.so’mlik 13 ta loyihalar asosida 480 ta ish o‘rni, qishloq xo‘jaligi sohasida 1,8 mlrd.so’mlik 2 ta loyihalar asosida 12 ta ish o‘rni, xizmat ko‘rsatish sohasida 162,2 mlrd. co‘mlik 22 ta loyihalar asosida 240 ta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda qiymati 5,6 mlrd. so‘mlik 11 ta loyihalar ishga tushirilib, 44 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Kun tartibidagi navbatdagi masala 2025-yilning 3 oyi mobaynida mahalliy budjetning daromad hamda sarflangan mablag‘lari yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Javlonbek Jumamurodov hisobot berdi.
2025-yil 3 oy davomida tuman maxalliy budjetning daromadlar rejasi jami 28 401 405,0 ming so‘m qilib belgilangan bo‘lib, ushbu reja jami 29 448 568,5 ming so‘mga ya’ni 1 047 163,5 ming so‘mga 103,7% foizga ortig‘i bilan bajarilgan. Tuman maxalliy budjetidan hisobot davri davomida jami 35 243 497,8 ming so‘mlik mablag‘lar sarflangan.
Sessiya majlisida Amudaryo tumani suv yetkazib berish xizmati DM direktori Shukurullo Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori bilan vegetatsiya davri uchun yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini hududlar bo‘yicha tasdiqlangan reja doirasida ishlab chiqilgan limitlar to‘g‘risida hisobot berdi.
2025-yil vegetatsiya davrida tuman bo‘yicha jami 38107 gektar ekin ekiladigan maydonda, shundan (16000 gektar paxta, 5809 gektar kuzgi bug‘doy, 825 gektar sholi va 8821 gektar boshqa ekinlar) va 6652 gektar tomorqa yer maydonlarida sug‘orish ishlari rejalashtirilganligi xususida so‘z yuritildi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar hisobot va ahborotlar atroflicha muhokama qilinib, fikr-mulohazalar bildirildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Shu bilan Xalq deputatlari tuman kengashining 9- sessiyasi o‘z ishini yakunladi.