O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yil 15-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktab ta’limi tizimini isloh qilish, yosh avlod tarbiyasi va ularning kelajagi yo‘lida ustuvor vazifalar belgilab berildi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi rahbari D.Komolova 2025-yil 22-may kuni partiyasi deputatlik guruhi a'zolariga murojaat qilar ekan, ushbu islohotlar — farzandlarimiz kelajagi, jamiyatimiz taraqqiyoti uchun qadam ekanligini ta’kidlab o‘tdi.