O’quvchilar huqiqiy bilimlarga ega bo’lishdi
📌Karmana tumanidagi 6-maktabda o'quvchi-yoshlar bilan davra suhbati o’tkazildi.
Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylanga tuman Kengashi deputatlari A.Jo'rayev, Z.Tog'ayev hamda tuman tibbiyot birlashmasi narkolog vrachi G'.Egamov, "Madad" XMB xodimi K.Suyarovlar ishtirok etdi. Davra suhbatida o'quvchilarga huquqiy ong va madaniyatni rivojlantirish, yot illatlarga qarshi kurashish to'g'risida tushunchalar berildi. Shuningdek,davra suhbatida Korrupsiya – kelajagimizga tahdid mavzusida ham so'z yuritildi.
Har bir davlatning barqaror rivojlanishi, fuqarolarning farovon hayoti va jamiyatdagi adolat tamoyillarining qaror topishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tozalik va halollikka bog‘liqligi, bu borada eng katta g‘ovlardan biri – bu korrupsiya hisoblanishi ta'kidlab o'tild
Korrupsiya – bu faqat davlat idoralarida emas, balki hayotimizning turli sohalarida uchraydigan xavfli illatligi, u adolatni buzishi, ishonchni yo‘qotishi va jamiyatda nosog‘lom muhit yaratilishiga olib kelishi haqida o'quvchilarga tushunchalar berildi.