Karmana tuman “Gulobod” MFY xududida joylashgan 4-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati viloyat va tuman Kengashi deputatlari S.Bazarova hamda G.Shodievalar tomonidan o‘rganildi. Xududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida 150 nafar tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar,ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan tanishilib, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud muammolar o‘rganilib o‘z takliflarini berib amaliy yordam berilmoqda.