Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari Ishtixon tumanidagi 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
Tashrif davomida bog‘chaning moddiy-texnik bazasi, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar, ovqatlantirish sifati hamda pedagogik jamoaning faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan metodikalar va bolalarning rivojlanishiga qaratilgan dasturlar muhokama qilindi.
Tarbiyachilar bilan muloqot jarayonida ularning mehnati e’tirof etilib, bolalar bilan ishlashda individual yondashuvni kuchaytirish, interfaol metodlardan keng foydalanish hamda bolalarning erkin fikrlashi va ijodkorligini rag‘batlantirishga qaratilgan bir qator amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.