Toshkent viloyati
hokimligi huzuridagi "Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari
xodimlarini malaka oshirish o‘quv kursi" doirasida "Obod xonadon,
obod ko‘cha, obod mahalla – mezon va dasturlari. 'Yashil makon' umummilliy
loyihasini amalga oshirish hamda infratuzilmani rivojlantirishdagi
vazifalar" mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda Xalq
deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlari Sh.Radjapov hamda
G.Mirbabayevalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida
muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2025-yil 7-fevralda tasdiqlangan
"O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida "Atrof-muhitni
asrash va yashil iqtisodiyot' yilida amalga oshiriladigan Davlat dasturi"
haqida ma’lumot berildi.