Янгиликлар

Sayyor qabullar va uchrashuvlar davom etmoqda

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Qosimova va tuman prokurori, 2- sektor rahbari X.Abduvaxobovlvr tomonidan Qorasuv shahar 27-musiqa maktabida Paxtachi va Uchtegirmon MFY aholisi o'rtasida sayyor qabuli o'tkazildi.

Qabulda fuqarolar tomonidan ichki ko'chalarni asfal`tlash, ichimlik suv, gazbalon vaqtida alishtirilishi, 0,15 sotix yerlar ajratilishlari to'g'risida murojaatlar tushdi.

Murojaatlar bo'yicha sektor rahbari tegishli tashkilotlar bilan o'rganib, qonuniy hal etish choralarini ko'rishdi.

Shuningdek tadbir davomida G.Qosimova aholi o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qonun loyixasi mazmun mohiyatlarini tushuntirib, targ'ibot ishlarini o'tkazdi.

Slide 1 of 5