Янгиликлар

Konstitutsiyaviy islohotlar demokratiya asosi

O'zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi va Andijon tibbiyot instituti hamkorligida ''Konstitutsiyaviy islohotlar demokratiya asosi" mavzusida o'quv seminar tashkil etildi.

O'quv seminarda oliygoh fakultetlari tyutorlari ishtirok etdilar.

Muzokara shaklida tashkil etilgan seminarda so'zga chiqqan viloyat Kengashi raisi Xamidjon Omanov Referendum tushunchasining mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitutitsiyada inson huquqlarini himoya qilish, ta’lim, tarbiya va tibbiyot sohalariga alohida e’tibor qaratilishi ustuvor ekanligi takidlab o'tildi. Shuningdek, 30 aprel kuni bo'lib o'tadigan umumxalq Referendumida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Seminarda ishtirok etgan tyutorlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi

Slide 1 of 4