Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbus ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga,
onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotganligi
uchun Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashi deputati Axmedova Muxtabarxon
Zokirjonovna «Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.