Янгиликлар

Amudaryoda O‘zLiDeP kubogi uchun shaxmat musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15-oktabr kuni Amudaryo tumanida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) tashkil etilganining 23 yilligi munosabati bilan partiyaning boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zLiDeP kubogi sport musobaqasining shaxmat turi bo‘yicha Amudaryo tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zLiDeP Amudaryo tuman Kengashi vakillari hamda xalq deputatlari tuman Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan deputatlar M.Kazakov va Y.Axmedov ishtirok etdilar.

Musobaqada faxrli birinchi o‘rinni Raximov Nazirjon, ikkinchi o‘rinni Ibadullayev Shamurat, uchinchi o‘rinni esa To‘liboyev Sultonbek egalladi. G‘oliblar musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga O‘zLiDeP Amudaryo tuman Kengashi tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Slide 1 of 10