Янгиликлар

#_24_Masala

O‘zLiDeP dan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari U. Abduraxmanov, M. Kazakov, Ekologik partiya tuman Kengashi raisi M.Sa’dullayev, Mahalla raisi Sh.Sultonov hamda Kengash kotibiyati xodimilari 7-Arnabo‘yi saylov okrugida joylashgan “Arnabo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, deputatlik nazoratini olib bordilar.

O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5246-sonli qaroriga asosan xalqaro OPEK Jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati ko‘zdan kechirildi.

Deputatlar va mutasaddi xodimlar hududdagi amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda ajratilgan mablag‘larning manzilli sarflanishi yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini berib, jarayonni doimiy nazoratga oldilar.

Aholining yashash sharoitini yaxshilash va hududlar infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan bu kabi amaliy ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 5