Янгиликлар

#_24_Masala

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari Y.Axmedov va M.Kazakov hamda Kengash kotibiyati xodimi B.Allabergenovlar 21-Choyko‘l saylov okrugida joylashgan “Choyko‘l” ovul fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar.

O‘rganishlar davomida deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblangan “Mahalla yettiligi” faoliyatining samaradorligi ko‘zdan kechirildi. Xususan:

Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va qamrovi;
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash jarayonining shaffofligi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-267-sonli qarori ijrosi atroflicha nazorat qilindi.

Muloqotlar davomida aniqlangan masalalarni manzilli hal etish hamda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3