Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining ish rejasiga muvofiq, nazorat-tahlil va o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga oid 162 ta qonun va 24 ta tavsiya ijrosi, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan taqdim etilgan 24 ta muhim tavsiyaning 14-bandi ijrosini ta’minlash hamda hududlarda gaz bilan bog‘liq masalalar holati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish ishlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi X.Tavasharov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov qatnashdilar.
O‘rganish jarayonida “Oltinsoy tuman gaz” ta’minoti bo‘limining hududidagi suyultirilgan gaz ballonlarini saqlash, tarqatish va texnik xavfsizlik holati bilan bevosita tanishdilar.
Aholini uzluksiz va xavfsiz suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, ballonlarning texnik sozligini ko‘zdan kechirish hamda belgilangan me’yorlarga rioya etilishi yuzasidan atroflicha ko‘rik va suhbatlar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida sohada korrupsiyaviy omillarning oldini olish, ish unumdorligini oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz