Янгиликлар

KEKSALARI E’ZOZLANGAN YURTNING KELAJAGI BUYUKDIR

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 21-“Xo‘jasoat” saylov okrugidan saylangan deputat Yusuf Hakimovlar Oltinsoy tumanida yashab kelayotgan tabarruk yoshli nuroniylar xonadonlarida bo‘ldilar.

Deputatlar dastlab “Beshbola pahlavon” mahallasida istiqomat qiluvchi, asr bilan tengdosh 106 yoshli Mehkam momo Xoliyorova xonadoniga tashrif buyurishdi. Suhbat davomida onaxonning salomatligi va turmush sharoiti bilan qiziqilib, esdalik sovg‘alari topshirildi hamda el-yurt tinchligi-farovonligi duosi qilindi.

Shundan so‘ng, deputatlar “Xo‘jaipok” mahallasida yashovchi 104 yoshli To‘xtabobo Oripov xolidan ham xabar olib, otaxon bilan samimiy suhbat qurdilar. Otaxonga ham e’tibor va izzat-ikrom ko‘rsatilib, qimmatbaho esdalik sovg‘alari ulashildi.

Keksalarimiz va faxriylarimizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish deputatlik faoliyatining eng muhim va savobli yo‘nalishlaridan biridir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3