Янгиликлар

🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida

🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati M. Ochilov hamda Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida Qovchin mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
🏦Uchrashuv davomida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarni qiynayotgan muammolar, mavjud kamchiliklar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni belgilangan tartibda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🏦Muloqot jarayonida aholi manfaatlarini ta’minlash, mahalladagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda fuqarolar bilan doimiy aloqani mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
🏦Deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri — saylovchilar murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ko‘tarilgan masalalar yechimini nazoratga olishdir.
🏦Saylovchilar bilan muloqotlar, murojaatlarni o‘rganish va mavjud muammolar yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish ishlari davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 4