Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati K.Xakimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev tomonidan Ko‘rkam diyor mahallasida joylashgan 2-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasining qish mavsumini betalafot o‘tkazishi, o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish hamda binoning mavsumga tayyorgarligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganishdan maqsad ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini tartibli tashkil etish va o‘quvchilar uchun qulay ta’lim sharoitlarini ta’minlashdan iborat.